Konsignatsiya
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 568-b. — ziyouz.com
Konsignatsiya (lot. consignatio -yozma dalil) — tovarlarni vositaçilar (konsignatorlar)ning omborxonalari orqali sotiş şakli. Bunday omborga tuşgan tovar xaridor (konsignator) ga sotilişiga qadar mahsulot yetkazib beruvçi (konsignant)ning mulki hisoblanadi. Tovarni omborda saqlaş va uni sotişga tayyorlaş xarajatlari mulk egasi hisobidan böladi. Sotiş böyiça kontraktlar tuzilişiga qadar tovarlar omborga yetkazib beriladi. Köpgina mamlakatlarda kabul qilingan qoidalarga köra, vositaçining omborida tovarni saklaş muddati 1 yildan 1,5 yilgaça. Agar şu muddat içida tovar sotilmay qolsa, öz egasiga qaytariladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КОНСИГНАЦИЯ (лот. consignatio -ёзма далил) — товарларни воситачилар (консигнаторлар)нинг омборхоналари орқали сотиш шакли. Бундай омборга тушган товар харидор (консигнатор) га сотилишига қадар маҳсулот етказиб берувчи (консигнант)нинг мулки ҳисобланади. Товарни омборда сақлаш ва уни сотишга тайёрлаш харажатлари мулк эгаси ҳисобидан бўлади. Сотиш бўйича контрактлар тузилишига қадар товарлар омборга етказиб берилади. Кўпгина мамлакатларда кабул қилинган қоидаларга кўра, воситачининг омборида товарни саклаш муддати 1 йилдан 1,5 йилгача. Агар шу муддат ичида товар сотилмай қолса, ўз эгасига қайтарилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.