Konsorsiya
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 569-b. — ziyouz.com
Konsorsiya (lot. concortium — jamoa) — avtotrof va geterotrof organizmlarni topik va trofik (oziq) boğlaniş asosida birlaştiradigan biotsenozning strukturaviy birligi. Alohida olingan daraxt (daraxtlar guruhi) K.ga misol böladi. Edifikator (biotsenozda asosiy örin tutadigan turlar) — ösimliklar b-n fitofaglar va ularning parazitlari, mikoriza zamburuğlari, epifitlar va in quruvçi quşlar özaro boğlangan. K. haqidagi tuşunçalar 20-a.ning 50-y.lari boşlarida rus olimlari V.N.Beklemişev va L.G.Ramenskiylar tomonidan şakllantirilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КОНСОРЦИЯ (лот. concortium — жамоа) — автотроф ва гетеротроф организмларни топик ва трофик (озиқ) боғланиш асосида бирлаштирадиган биоценознинг структуравий бирлиги. Алоҳида олинган дарахт (дарахтлар гуруҳи) К.га мисол бўлади. Эдификатор (биоценозда асосий ўрин тутадиган турлар) — ўсимликлар б-н фитофаглар ва уларнинг паразитлари, микориза замбуруғлари, эпифитлар ва ин қурувчи қушлар ўзаро боғланган. К. ҳақидаги тушунчалар 20-а.нинг 50-й.лари бошларида рус олимлари В.Н.Беклемишев ва Л.Г.Раменскийлар томонидан шакллантирилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.