Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Konsullik immuniteti

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 578-b. — ziyouz.com

    Konsullik immuniteti -konsullik muassasasiga, şu muassasa xodimlari va ularning oila a'zolariga beriladigan imtiyoz va afzalliklar. ÖzR Konsullik ustaviga binoan, mazkur şaxslar Konsullik munosabatlari töğrisidagi 1963 yilgi Vena konvensiyasida, ÖzR b-n konsulxona joylaşgan davlat örtasidagi şartnomalarda, şuningdek, xalqaro huquqning umumiy meyorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi (77-modda).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КОНСУЛЛИК ИММУНИТЕТИ -консуллик муассасасига, шу муассаса ходимлари ва уларнинг оила аъзоларига бериладиган имтиёз ва афзалликлар. ЎзР Консуллик уставига биноан, мазкур шахслар Консуллик муносабатлари тўғрисидаги 1963 йилги Вена конвенциясида, ЎзР б-н консулхона жойлашган давлат ўртасидаги шартномаларда, шунингдек, халқаро ҳуқуқнинг умумий меъёрларида назарда тутилган имтиёзлар ва иммунитетлардан фойдаланади (77-модда).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.