Kontokorrent
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 581–582-b. — ziyouz.com
Kontokorrent (ital. conto corrente— joriy hisob-kitob), kontokorrent hisob varaği — 1) muayyan bir mijoz b-n jami operatsiyalar qayd qilinadigan maxsus yagona bank hisob varaği. Mijozlarning qöyilmalarini saqlaş hamda naqd pulsiz hisobkitoblarini amalga oşirişga xizmat qiladi, bir paytning özida ssuda sçetli joriy hisob varaq va yagona debet-kredit hisob varaği vazifasini bajaradi; 2) amalga oşirilgan oldi-sotdilar böyiça jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan özlarining doimiy mijozlari b-n özaro hisob-kitoblar uçun oçilgan aktiv hisob varaq.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КОНТОКОРРЕНТ (итал. conto corrente— жорий ҳисоб-китоб), контокоррент ҳисоб варағи — 1) муайян бир мижоз б-н жами операциялар қайд қилинадиган махсус ягона банк ҳисоб варағи. Мижозларнинг қўйилмаларини сақлаш ҳамда нақд пулсиз ҳисобкитобларини амалга оширишга хизмат қилади, бир пайтнинг ўзида ссуда счетли жорий ҳисоб варақ ва ягона дебет-кредит ҳисоб варағи вазифасини бажаради; 2) амалга оширилган олди-сотдилар бўйича жисмоний ва юридик шахслар томонидан ўзларининг доимий мижозлари б-н ўзаро ҳисоб-китоблар учун очилган актив ҳисоб варақ.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.