Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kontrabanda

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 582-b. — ziyouz.com

    Kontrabanda (kontr... va ital. bando — hukumat farmoni) — mamlakatga olib keliş va olib ketiş taqiklangan tovarlar, qimmatbaho buyumlar, valyuta boyliklari va b.ni davlat çegarasidan qonunga xilof (yaşirinça) usullarda ötkaziş, şuningdek, taqiqlangan mollarni olib ötiş uçun noqonuniy harakatlar qiliş. Bojxonadan ötkazilmagan, xususan, bojxona nazoratidan taşqari yaşirinça, topiş qiyin bölgan vositalar orqali yoki hujjatlar (deklaratsiya)da körsatilmagan mollar nokrnuniy olib ötilgan hisoblanadi. Bunday noqonuniy ötkaziladigan molmulkning özi ham K. deyiladi. K. qonun b-n jazolanadi. Xalqaro qonunlarga köra, K. tovarlari musodara qilinadi, aybdorlar jarima tölaydi yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КОНТРАБАНДА (контр... ва итал. bando — ҳукумат фармони) — мамлакатга олиб келиш ва олиб кетиш тақикланган товарлар, қимматбаҳо буюмлар, валюта бойликлари ва б.ни давлат чегарасидан қонунга хилоф (яширинча) усулларда ўтказиш, шунингдек, тақиқланган молларни олиб ўтиш учун ноқонуний ҳаракатлар қилиш. Божхонадан ўтказилмаган, хусусан, божхона назоратидан ташқари яширинча, топиш қийин бўлган воситалар орқали ёки ҳужжатлар (декларация)да кўрсатилмаган моллар нокрнуний олиб ўтилган ҳисобланади. Бундай ноқонуний ўтказиладиган молмулкнинг ўзи ҳам К. дейилади. К. қонун б-н жазоланади. Халқаро қонунларга кўра, К. товарлари мусодара қилинади, айбдорлар жарима тўлайди ёки жиноий жавобгарликка тортилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.