Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kontralto

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 583-b. — ziyouz.com

    Kontralto (ital. contralto) — ayol xonandalarning eng past (nisbatan yöğon) ovozi. Diapazoni g — a2. Maşhur opera partiyalari: Konçakovna (A.Borodin, «Knyaz Igor»), Olga (P.Çaykovskiy, «Yevgeniy Onegin») va b. Kompozitorlar ba'zida öspirin partiyasini ham K. ovozli xonandalar uçun möljallab yozgan: Kerubino (V.Motsart, «Figaroning uylanişi»), Zibel (Ş.Guno, «Faust»), Lel (N.Rimskiy-Korsakov, «Krr qiz») va b. Özbekiston kompozitorlaridan A.Kozlovskiy («Uluğbek» operasi), S.Yudakov (vokal-simfonik asarlari) K. ovozidan foydalanişgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КОНТРАЛЬТО (итал. contralto) — аёл хонандаларнинг энг паст (нисбатан йўғон) овози. Диапазони g — а2. Машҳур опера партиялари: Кончаковна (А.Бородин, «Князь Игорь»), Ольга (П.Чайковский, «Евгений Онегин») ва б. Композиторлар баъзида ўспирин партиясини ҳам К. овозли хонандалар учун мўлжаллаб ёзган: Керубино (В.Моцарт, «Фигаронинг уйланиши»), Зибель (Ш.Гуно, «Фауст»), Лель (Н.Римский-Корсаков, «Крр қиз») ва б. Ўзбекистон композиторларидан А.Козловский («Улуғбек» операси), С.Юдаков (вокал-симфоник асарлари) К. овозидан фойдаланишган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.