Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kontrastlik

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 584-b. — ziyouz.com

    Kontrastlik (fotografiyada) — fotoqoğozdagi eng yoruğ (oç) va eng qoronği (töq) joylarning yorqinlik xossalari nisbati böyiça oq-qora fototasvirlarning tavsifi. Oq-qora tasvirda K. qorayişning eng katta va eng kiçik optik ziçliklari (optik ziçlik töşayotgan yoruğlik nurlari uçun modda qatlamining noşaffoflik ölçovi) orasidagi tafovut (AD ~ Dmm — Dmin) sifatida aniqlanadi. Fotomaterial K.gining miqdoriy va rangiy tavsifi K koeffitsiyenti deb ataladi. Agar fotosuratga oliş şaroiti va kridalari töğri tanlansa, fotomaterialning K. koeffitsiyenti qança yuqori va obyekt ayrim joylarining oç-töqligi orasidagi tafovut qança katta bölsa, K. ham şunça yuqori böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КОНТРАСТЛИК (фотографияда) — фотоқоғоздаги энг ёруғ (оч) ва энг қоронғи (тўқ) жойларнинг ёрқинлик хоссалари нисбати бўйича оқ-қора фототасвирларнинг тавсифи. Оқ-қора тасвирда К. қорайишнинг энг катта ва энг кичик оптик зичликлари (оптик зичлик тўшаётган ёруғлик нурлари учун модда қатламининг ношаффофлик ўлчови) орасидаги тафовут (AD ~ Dmm — Dmin) сифатида аниқланади. Фотоматериал К.гининг миқдорий ва рангий тавсифи К коэффициенти деб аталади. Агар фотосуратга олиш шароити ва кридалари тўғри танланса, фотоматериалнинг К. коэффициенти қанча юқори ва объект айрим жойларининг оч-тўқлиги орасидаги тафовут қанча катта бўлса, К. ҳам шунча юқори бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.