Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Köp nuqta

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 868–869-b. — ziyouz.com

    Köp nuqta — ketma-ket qöyiladigan uç (söroq yoki undov belgisidan söng ikki) nuqtadan iborat tiniş belgisi. K.n., asosan, quyidagi örinlarda işlatiladi: 1) gapning tugallanmaganligini bildirganda: — Men nima qilibman... Siz... — dedi Xolmurod... (P. Tursun); 2) nutq jarayonida sözlovçining töxtalişini bildirganda: Sen... sen qöriqqa borasan; 3) iqtiboslarning bir qismi tuşirib qoldirilganda; 4) dialogda savol javobsiz qolganda.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КЎП НУҚТА — кетма-кет қўйиладиган уч (сўроқ ёки ундов белгисидан сўнг икки) нуқтадан иборат тиниш белгиси. К.н., асосан, қуйидаги ўринларда ишлатилади: 1) гапнинг тугалланмаганлигини билдирганда: — Мен нима қилибман... Сиз... — деди Холмурод... (П. Турсун); 2) нутқ жараёнида сўзловчининг тўхталишини билдирганда: Сен... сен қўриққа борасан; 3) иқтибосларнинг бир қисми тушириб қолдирилганда; 4) диалогда савол жавобсиз қолганда.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.