Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Köpers-Krik

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 790-b. — ziyouz.com

    Köpers-Krik KÖPERS-KRIK, yuqori oqimida Barku— Avstraliyaning markaziy qismidagi daryo. Öz. 1400 km, havzasining mayd. 285 ming km2. Katta Suvayirğiç tizmasining ğarbiy yon bağirlaridan boşlanib, Katta Artezian havzasining çala çöl va çöllaridan oqadi. Yomğir va grunt suvlaridan töyinadi. Örtaça suv sarfi 70 m3/sek. Mavsumiy kuçli yomğirli davrlarda Eyr oqmas köligaça yetib boradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КЎПЕРС-КРИК, юқори оқимида Барку— Австралиянинг марказий қисмидаги дарё. Ўз. 1400 км, ҳавзасининг майд. 285 минг км2. Катта Сувайирғич тизмасининг ғарбий ён бағирларидан бошланиб, Катта Артезиан ҳавзасининг чала чўл ва чўлларидан оқади. Ёмғир ва грунт сувларидан тўйинади. Ўртача сув сарфи 70 м3/сек. Мавсумий кучли ёмғирли даврларда Эйр оқмас кўлигача етиб боради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.