Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kordova

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 606-b. — ziyouz.com

    Kordova — Argentinaning markaziy qismidagi şahar. Kordova provinsiyasining ma'muriy markazi. Aholisi 1,2 mln. kişidan ziyod (2001). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Maşinasozlik, jumladan, transport maşinasozligi va metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, kön-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Un-t (1613), muzeylar, jumladan, botaniqa muzeyi, konservatoriya bor. Şaharga 1573 y.da asos solingan. 17—18-a.larga oid me'moriy yodgorliklar saqlangan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КОРДОВА — Аргентинанинг марказий қисмидаги шаҳар. Кордова провинциясининг маъмурий маркази. Аҳолиси 1,2 млн. кишидан зиёд (2001). Мамлакатнинг муҳим саноат ва маданий маркази. Аэропорти халқаро аҳамиятга эга. Машинасозлик, жумладан, транспорт машинасозлиги ва металлургия, кимё, озиқ-овқат, кўн-пойабзал саноати корхоналари мавжуд. Ун-т (1613), музейлар, жумладан, ботаниқа музейи, консерватория бор. Шаҳарга 1573 й.да асос солинган. 17—18-а.ларга оид меъморий ёдгорликлар сақланган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.