«Kospas
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 662-b. — ziyouz.com
«Kospas—SARSAT» — dengiz kemalari va samolyotlarga örnatilgan va avariya holatlarida yordamga çaqiradigan radiosignallar koordinatalarini aniqlaydigan Yer sun'iy yöldoşlari (YESY) tizimi nomi; kosmik fazodan tinçlik maqsadlarida foydalaniş va ularni tadqiq etiş böyiça SSSR va AQŞ örtasida tuzilgan şartnoma asosida qurilgan. «K. — S.» tizimining «kospas» qismi SSSRning Dengiz floti vazirligining buyurtmasi, «sarsat» qismi esa AQŞ (NASA, R. Garvard nomidagi markaz), Kanada (Aloqa vazirligi) va Fransiya (Kosmik tadqiqotlar milliy markazi) ning buyurtmalari asosida şakllangan. Qutb yaqinidagi doiraviy orbitalarda parvoz qiladigan YESYlari, avariya holatidagi radiobuy, axborotlarni kabul qiliş punktlari, tizim markazlarini öz içiga oladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
«КОСПАС—САРСАТ» — денгиз кемалари ва самолётларга ўрнатилган ва авария ҳолатларида ёрдамга чақирадиган радиосигналлар координаталарини аниқлайдиган Ер сунъий йўлдошлари (ЕСЙ) тизими номи; космик фазодан тинчлик мақсадларида фойдаланиш ва уларни тадқиқ этиш бўйича СССР ва АҚШ ўртасида тузилган шартнома асосида қурилган. «К. — С.» тизимининг «коспас» қисми СССРнинг Денгиз флоти вазирлигининг буюртмаси, «сарсат» қисми эса АҚШ (НАСА, Р. Гарвард номидаги марказ), Канада (Алоқа вазирлиги) ва Франция (Космик тадқиқотлар миллий маркази) нинг буюртмалари асосида шаклланган. Қутб яқинидаги доиравий орбиталарда парвоз қиладиган ЕСЙлари, авария ҳолатидаги радиобуй, ахборотларни кабул қилиш пунктлари, тизим марказларини ўз ичига олади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.