Kötarilma oqim
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 886-b. — ziyouz.com
Kötarilma oqim - köl, dengizlarda suvning yuqoriga kötarilib çiqişi. Şamol köl, dengizning yuza qismidagi suvni haydab ketib, suv sathi pasayganda pastdan suv kötarilib çiqadi. Mö'tadil mintaqalardagi köllarda qiş boşida yuzadagi suv sovib, oğirlaşib pastga töşadi va uning örniga pastdan yengilroq iliq suv çiqadi. Natijada kötarilma va pasayma oqim vujudga keladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КЎТАРИЛМА ОҚИМ - кўл, денгизларда сувнинг юқорига кўтарилиб чиқиши. Шамол кўл, денгизнинг юза қисмидаги сувни ҳайдаб кетиб, сув сатҳи пасайганда пастдан сув кўтарилиб чиқади. Мўътадил минтақалардаги кўлларда қиш бошида юзадаги сув совиб, оғирлашиб пастга тўшади ва унинг ўрнига пастдан енгилроқ илиқ сув чиқади. Натижада кўтарилма ва пасайма оқим вужудга келади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.