Közni harakatlantiruvçi nerv
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 835-b. — ziyouz.com
Közni harakatlantiruvçi nerv (Nervus oculomotorius) — boş miya nervlarinnng 3-jufti. Tolalari örta miyada joylaşgan özakdan boşlanib, miya oyoqçalarining içki yuzasidan ötib, köz kosasining yuqori yoriği orqali köz kosasiga kirib, yuqori va pastki tarmoqdarga bölinadi. Yuqori tarmoqlarda yuqori qovoqni kutaradigan muskulga va köz soqqasining yuqori töğri muskullariga tarqaladi. Pastki tarmoği esa közning içki, pastki töğri hamda qiyşiq muskuliga tolalar beradi. Pastki tarmoqning tarkibidagi parasimpatik tolalar köz qoraçiğini siquvçi, kipriksimon tana muskuliga tarqaladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
КЎЗНИ ҲАРАКАТЛАНТИРУВЧИ НЕРВ (Nervus oculomotorius) — бош мия нервларинннг 3-жуфти. Толалари ўрта мияда жойлашган ўзакдан бошланиб, мия оёқчаларининг ички юзасидан ўтиб, кўз косасининг юқори ёриғи орқали кўз косасига кириб, юқори ва пастки тармоқдарга бўлинади. Юқори тармоқларда юқори қовоқни кутарадиган мускулга ва кўз соққасининг юқори тўғри мускулларига тарқалади. Пастки тармоғи эса кўзнинг ички, пастки тўғри ҳамда қийшиқ мускулига толалар беради. Пастки тармоқнинг таркибидаги парасимпатик толалар кўз қорачиғини сиқувчи, киприксимон тана мускулига тарқалади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.