Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kreatin

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 693-b. — ziyouz.com

    Kreatin (yun. kreas - göşt, et) -organik modda. Mol. m. 131,14, suyuqlaniş t-rasi 315°. Suvda va spirtda eriydi, efirda erimaydi. Umurtqali hayvonlar va odamning muskul töqimasida (ayniqsa, köndalang tarğil muskullarda) köp. Nerv töqimasi, qon, jigar, buyrakda ham bor. Kreatinfosfat kislota tarkibiga kiradi; organizmda moddalar almaşinuvida, muskul va miya faoliyatida muhim ahamiyatga ega.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КРЕАТИН (юн. kreas - гўшт, эт) -органик модда. Мол. м. 131,14, суюқланиш т-раси 315°. Сувда ва спиртда эрийди, эфирда эримайди. Умуртқали ҳайвонлар ва одамнинг мускул тўқимасида (айниқса, кўндаланг тарғил мускулларда) кўп. Нерв тўқимаси, қон, жигар, буйракда ҳам бор. Креатинфосфат кислота таркибига киради; организмда моддалар алмашинувида, мускул ва мия фаолиятида муҳим аҳамиятга эга.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.