Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kreatinfosfat kislota

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 693-b. — ziyouz.com

    Kreatinfosfat kislota KREATINFOSFAT KISLOTA, fosfo kreatin , fosfagen — fosforli organik modda; kreatinttt fosforlanişidan hosil böladigan mahsulot. Yangi muskul preparatlarida bölişi aniqlangan Mol. m. 211,12. Umurtqali hayvonlar va odamning muskul, nerv va b. ba'zi töqimalarida böladi. Suvda eriydi, spirtda erimaydi. K.k. fosfor oksixlorid (POC13)ni işqoriy muhitda kreatinga ta'sir ettirib olinadi. Organizmda fermentlar ta'sirida kreatin va fosfat kislotaga oson parçalanadi, ayni vaqtda köp mikdorda energiya ajralib çiqadi (1 gramm-molekula K.k. parçalanganda 10—15 kkal energiya çiqadi); bu energiya turli fiziologik jarayonlarga, mas, muskullarning qisqarişiga sarf böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КРЕАТИНФОСФАТ КИСЛОТА, фосфо креатин , фосфаген — фосфорли органик модда; креатинттт фосфорланишидан ҳосил бўладиган маҳсулот. Янги мускул препаратларида бўлиши аниқланган Мол. м. 211,12. Умуртқали ҳайвонлар ва одамнинг мускул, нерв ва б. баъзи тўқималарида бўлади. Сувда эрийди, спиртда эримайди. К.к. фосфор оксихлорид (РОС13)ни ишқорий муҳитда креатинга таъсир эттириб олинади. Организмда ферментлар таъсирида креатин ва фосфат кислотага осон парчаланади, айни вақтда кўп микдорда энергия ажралиб чиқади (1 грамм-молекула К.к. парчаланганда 10—15 ккал энергия чиқади); бу энергия турли физиологик жараёнларга, мас, мускулларнинг қисқаришига сарф бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.