Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Krinitsa

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 708-b. — ziyouz.com

    Krinitsa — Polşadagi iqlim kurorti, Visla daryosi havzasida, Novi-Sonç toğlaridan jan.-şarqda, 600 m balandlikda. Iqlimi mö'tadil nam, qişi yumşoq quyoşli (yanv.ning örtaça t-rasi —5°) va yozi mö'tadil iliq (iyulning örtaça t-rasi 17°), yiliga 800 mm yoğin yoğadi. Karbonat angidridli mineral suvlar, torfli balçiq b-n davolanadi. 19-a. örtalaridan boşlab kurort sifatida rivojlangan. Dam oliş, turizm va toğ çanği sporti markazi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КРИНИЦА — Польшадаги иқлим курорти, Висла дарёси ҳавзасида, Нови-Сонч тоғларидан жан.-шарқда, 600 м баландликда. Иқлими мўътадил нам, қиши юмшоқ қуёшли (янв.нинг ўртача т-раси —5°) ва ёзи мўътадил илиқ (июлнинг ўртача т-раси 17°), йилига 800 мм ёғин ёғади. Карбонат ангидридли минерал сувлар, торфли балчиқ б-н даволанади. 19-а. ўрталаридан бошлаб курорт сифатида ривожланган. Дам олиш, туризм ва тоғ чанғи спорти маркази.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.