Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ksantofillar

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 728-b. — ziyouz.com

    Ksantofillar (yun. xanthos - sariq va phyllon — yaproq) — kislorodli karotinoidlar; yuksak ösimliklarning yaprogi, guli, mevasi va kurtaklaridagi, şuningdek, suvötlar va mikroorganizmlardagi sariq pigmentlar. Plastidalarda boşqa pigmentlar (xlorofill va karotin) b-n birga böladi. Flavonoidlar b-n birgalikda yaproqlarning kuzgi rangini hosil qiladi. K.ning atsiklik, monotsiklik va bitsiklik ka-rotinoidlarga tegişli 50 dan ortik, turi bor. Tipik vakillari: zeaksantin (sariq) va ksantofill (binafşa rangli) kristall moddalardir. K. yoruğda havo kislorodi iştirokida rangsiz karotinoid uglevodorodlardan hosil böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КСАНТОФИЛЛАР (юн. xanthos - сариқ ва phyllon — япроқ) — кислородли каротиноидлар; юксак ўсимликларнинг япроги, гули, меваси ва куртакларидаги, шунингдек, сувўтлар ва микроорганизмлардаги сариқ пигментлар. Пластидаларда бошқа пигментлар (хлорофилл ва каротин) б-н бирга бўлади. Флавоноидлар б-н биргаликда япроқларнинг кузги рангини ҳосил қилади. К.нинг ациклик, моноциклик ва бициклик ка-ротиноидларга тегишли 50 дан ортик, тури бор. Типик вакиллари: зеаксантин (сариқ) ва ксантофилл (бинафша рангли) кристалл моддалардир. К. ёруғда ҳаво кислороди иштирокида рангсиз каротиноид углеводородлардан ҳосил бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.