Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ksantoprotein reaksiyasi

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 728-b. — ziyouz.com

    Ksantoprotein reaksiyasi -oqsilni oçişning sifat reaksiyasi; oqsilli eritmalarga konsentrlangan nitrat kislota qöşib qayvatilsa sariq rang paydo böladi. Konsentrlangan işqor eritmasi qöşilganda esa sariq rang zarğaldoq rangga aylanadi. Reaksiya aromatik aminokislotalar (fenilalanin, tirozin va triptofan) borligini körsatadi va ularning nitrohosilalari vujudga kelişiga aloqador.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КСАНТОПРОТЕИН РЕАКЦИЯСИ -оқсилни очишнинг сифат реакцияси; оқсилли эритмаларга концентрланган нитрат кислота қўшиб қайватилса сариқ ранг пайдо бўлади. Концентрланган ишқор эритмаси қўшилганда эса сариқ ранг зарғалдоқ рангга айланади. Реакция ароматик аминокислоталар (фенилаланин, тирозин ва триптофан) борлигини кўрсатади ва уларнинг нитроҳосилалари вужудга келишига алоқадор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.