Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kunial

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 786-b. — ziyouz.com

    Kunial — misning nikel (5— 15%) va alyuminiy (1—3%) b-n qotişmasi. K-A va K-V xillari bor. K-A da nikel — 13,5%, alyuminiy — 2,5%, krlgani mis; K-V da nikel — 6,3%, alyuminiy — 1,5%, qolgani mis. K. termik işlangandan söng qattiqlaşadi. Mustahkamligi böyiça ba'zi konstruksion pölatlardan qolişmaydi; oçiq havoda, çuçuk va dengiz suvlarida zanglamaydi. K. kemasozlikda va asbobsozlikda konstruksion va prujinabop material sifatida işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КУНИАЛЬ — миснинг никель (5— 15%) ва алюминий (1—3%) б-н қотишмаси. К-А ва К-В хиллари бор. К-А да никель — 13,5%, алюминий — 2,5%, крлгани мис; К-В да никель — 6,3%, алюминий — 1,5%, қолгани мис. К. термик ишлангандан сўнг қаттиқлашади. Мустаҳкамлиги бўйича баъзи конструкцион пўлатлардан қолишмайди; очиқ ҳавода, чучук ва денгиз сувларида зангламайди. К. кемасозликда ва асбобсозликда конструкцион ва пружинабоп материал сифатида ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.