Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kuzma Miniç Minin

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 579-b. — ziyouz.com

    Minin Kuzma Miniç (? - 1616) — rus xalqining polyaklar bosqiniga (17-a. boşi) qarşi milliy ozodlik kuraşi taşkilotçisi, 1611 — 12 y.lardagi xalq köngilli laşkarlari rahbarlaridan biri, milliy qahramon; D. M. Pojarskiyning safdoşi. Nijniy Novgorod posadidan. 1611 y. sent.dan zemstvo oqsoqoli. Moskva uçun janglarda şaxsiy jasorat körsatgan. 1612— 13y.larda zemstvo hukumati a'zosi, 1613 y.dan Duma dvoryani.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МИНИН Кузьма Минич (? - 1616) — рус халқининг поляклар босқинига (17-а. боши) қарши миллий озодлик кураши ташкилотчиси, 1611 — 12 й.лардаги халқ кўнгилли лашкарлари раҳбарларидан бири, миллий қаҳрамон; Д. М. Пожарскийнинг сафдоши. Нижний Новгород посадидан. 1611 й. сент.дан земство оқсоқоли. Москва учун жангларда шахсий жасорат кўрсатган. 1612— 13й.ларда земство ҳукумати аъзоси, 1613 й.дан Дума дворяни.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.