Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Kyuri

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 828-b. — ziyouz.com

    Kyuri — radioaktiv izotoplar aktivligining birliklar tizimiga kirmagan birligi. P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyuri şarafiga qöyilgan. Ku b-n belgilanadi. Izotopning bir s davomida 3,7-1010 ta yemiriliş kuzatiladigan radioaktiv moddaning aktivligi 1 K. deb qabul qilingan. 1 Ku=3,7-1010 Bk (bekkerel). Amalda aktivlik birligining unga karrali bölgan son marta katta va kiçik quyidagi qiymatlaridan foydalaniladi: kilokyuri (kKi), megakyuri (MKi), millikyuri (mKi), mikrokyuri (mkKi) va pikokyuri (pKi).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КЮРИ — радиоактив изотоплар активлигининг бирликлар тизимига кирмаган бирлиги. П. Кюри ва М. Склодовская-Кюри шарафига қўйилган. Ku б-н белгиланади. Изотопнинг бир с давомида 3,7-1010 та емирилиш кузатиладиган радиоактив модданинг активлиги 1 К. деб қабул қилинган. 1 Ku=3,7-1010 Бк (беккерель). Амалда активлик бирлигининг унга каррали бўлган сон марта катта ва кичик қуйидаги қийматларидан фойдаланилади: килокюри (кКи), мегакюри (МКи), милликюри (мКи), микрокюри (мкКи) ва пикокюри (пКи).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.