Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Lagan

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 8-b. — ziyouz.com

    Lagan — rözğor buyumi; quyuq ovqatlar, meva-çeva va b. narsalar solinadigan katta yuzasi yoyiq keng yassi idiş. Sopol, çinni L. qadimdan tayyorlangan. Bezakli va bezaksiz qilib tayyorlanadi, sopol L. naqşlar b-n bezatilgandan söng sirlanadi. Mis L. (ba'zan la'li deb ham ataladi) kandakori usulida naqşlanadi. Özbekistan hududidan topilgan qad. L. turlari muzeylarda saqlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЛАГАН — рўзғор буюми; қуюқ овқатлар, мева-чева ва б. нарсалар солинадиган катта юзаси ёйиқ кенг ясси идиш. Сопол, чинни Л. қадимдан тайёрланган. Безакли ва безаксиз қилиб тайёрланади, сопол Л. нақшлар б-н безатилгандан сўнг сирланади. Мис Л. (баъзан лаъли деб ҳам аталади) кандакори усулида нақшланади. Ўзбекистан ҳудудидан топилган қад. Л. турлари музейларда сақланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.