Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Lakkolit

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 19-b. — ziyouz.com

    Lakkolit (yun. lakkos — örta va litos— toş) — suyuq magmaning qatlamlar yoki formatsiyalar orasiga siqilib kirişidan hosil bölgan muvofiq intruziv tana. Ustki qismi qavariq va asosi nisbatan tekis, oziklantiruvçi kanalga ega bölib, zamburuğ şaklini eslatadi. Yer pöstida keng tarqalgan, ölçami 3—6 km. L.ning barça tafsilotlari (hajmi, kattaligi)ni aniqlaş u b-n boğliq bölgan konlarni qidirib topiş, zahirasini aniqlaş va qazib olişga katta imkon beradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЛАККОЛИТ (юн. lakkos — ўрта ва litos— тош) — суюқ магманинг қатламлар ёки формациялар орасига сиқилиб киришидан ҳосил бўлган мувофиқ интрузив тана. Устки қисми қавариқ ва асоси нисбатан текис, озиклантирувчи каналга эга бўлиб, замбуруғ шаклини эслатади. Ер пўстида кенг тарқалган, ўлчами 3—6 км. Л.нинг барча тафсилотлари (ҳажми, катталиги)ни аниқлаш у б-н боғлиқ бўлган конларни қидириб топиш, заҳирасини аниқлаш ва қазиб олишга катта имкон беради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.