Lakmus
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 19-b. — ziyouz.com
Lakmus (gollandça lakmoes) — ba'zi lişayniklardan olinadigan böyoq modda. L. kimyoviy reaksiyalar muhitini aniklaş uçun indikator sifatida işlatiladi (k..Indikatorlar). Kislotali muhitda qizil, işqoriy muhitda kök rangga kiradi, neytral muhitda rangi özgarmaydi. Köpinça, reaktiv qoğoz (suvdagi eritmasi şimdirilgan filtr qoğoz) holida işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЛАКМУС (голландча lakmoes) — баъзи лишайниклардан олинадиган бўёқ модда. Л. кимёвий реакциялар муҳитини аниклаш учун индикатор сифатида ишлатилади (к..Индикаторлар). Кислотали муҳитда қизил, ишқорий муҳитда кўк рангга киради, нейтрал муҳитда ранги ўзгармайди. Кўпинча, реактив қоғоз (сувдаги эритмаси шимдирилган фильтр қоғоз) ҳолида ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.