Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Langardaryo

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 28-b. — ziyouz.com

    Langardaryo — Qaşqadaryoning çap irmoği (Qaşqadaryo viloyati). Hisor tizmasining jan.-ğarbiy tarmoği — Yakkaboğ tizmasidan (2200—2300 m) boşlanib ğarbga oqadi. Uz. 76 km, havzasining mayd. 258 km2. Yuqori qismi çuqur va tor vodiyda oqadi. Langar qişloği yaqinida vodiysi kengayadi. Örtaça köp yillik suv sarfi 0,9 m3/ sek; maksimal suv sarfi apr.—mayda. Qor va yomgirlardan suv oladi. Yoz oylarida suvi suğorişga sarflanib, Qaşqadaryoga yetib bormaydi. Bahor oylarida daryodan kuçli sel keliş hollari kuzatiladi. L.da gidrometrik post taşkil etilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЛАНГАРДАРЁ — Қашқадарёнинг чап ирмоғи (Қашқадарё вилояти). Ҳисор тизмасининг жан.-ғарбий тармоғи — Яккабоғ тизмасидан (2200—2300 м) бошланиб ғарбга оқади. Уз. 76 км, ҳавзасининг майд. 258 км2. Юқори қисми чуқур ва тор водийда оқади. Лангар қишлоғи яқинида водийси кенгаяди. Ўртача кўп йиллик сув сарфи 0,9 м3/ сек; максимал сув сарфи апр.—майда. Қор ва ёмгирлардан сув олади. Ёз ойларида суви суғоришга сарфланиб, Қашқадарёга етиб бормайди. Баҳор ойларида дарёдан кучли сел келиш ҳоллари кузатилади. Л.да гидрометрик пост ташкил этилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.