Lapilla
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 39-b. — ziyouz.com
Lapilla (lot. lapilus — toşçalar) — mayda yumaloq yoki notöğri şaklli lava bölaklari. Vulkan otilgan vaqtda vulkan bombalari va kuli b-n birga çiqadi. Ölçami nöxat kattaligidan yonğoq kattaligigaça böladi. Otilayotgan lavaning havoda qotgan mayda bölaklaridan yoki avvalgi vulkan jinslaridan iborat. L.ning katta massalari vulkan ning qiya yon bağrida tekis baxmalsimon yuza hosil qiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЛАПИЛЛА (лот. lapilus — тошчалар) — майда юмалоқ ёки нотўғри шаклли лава бўлаклари. Вулкан отилган вақтда вулкан бомбалари ва кули б-н бирга чиқади. Ўлчами нўхат катталигидан ёнғоқ катталигигача бўлади. Отилаётган лаванинг ҳавода қотган майда бўлакларидан ёки аввалги вулкан жинсларидан иборат. Л.нинг катта массалари вулкан нинг қия ён бағрида текис бахмалсимон юза ҳосил қилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.