Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Lattaband

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 54-b. — ziyouz.com

    Lattaband — Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi soy, Bulunğur va Baxmal tumanlari hududidan oqib ötadi. Turkiston toğ tizmasidagi Şingak dovoni yaqinidagi (2450 m) buloqlardan boşlanadi. Ğarb va şim.-ğarb tomon oqib borib, Qozoqqişloq yaqinida Eski Tuyatortar kanaliga quyiladi. Uz. 21 km, suv yiğiş mayd. 26 km2. Yomğir va qor suvlaridan töyinadi. Bahorda suvi köpayadi. Yigirmaga yaqin irmoği (umumiy uz. 24 km) bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЛАТТАБАНД — Самарқанд ва Жиззах вилоятларидаги сой, Булунғур ва Бахмал туманлари ҳудудидан оқиб ўтади. Туркистон тоғ тизмасидаги Шингак довони яқинидаги (2450 м) булоқлардан бошланади. Ғарб ва шим.-ғарб томон оқиб бориб, Қозоққишлоқ яқинида Эски Туятортар каналига қуйилади. Уз. 21 км, сув йиғиш майд. 26 км2. Ёмғир ва қор сувларидан тўйинади. Баҳорда суви кўпаяди. Йигирмага яқин ирмоғи (умумий уз. 24 км) бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.