Leyb-gvardiya
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 68-b. — ziyouz.com
Leyb-gvardiya — ba'zi monarxik davlatlarda hukmdorning şaxsiy qöriqçilari va eng sara harbiy qismlarning faxriy nomi. Rossiyada Pyotr I tomonidan 17-a. oxirida ta'sis etilgan. Keyinçalik Rossiya armiyasining köpgina gvardiyaçi qismlari L.-g. nomi b-n atalgan. Şuningdek, ba'zi armiyalar tarkibidagi polklarning nomiga ham «leyb» qöşimçasi qöşilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЛЕЙБ-ГВАРДИЯ — баъзи монархик давлатларда ҳукмдорнинг шахсий қўриқчилари ва энг сара ҳарбий қисмларнинг фахрий номи. Россияда Пётр I томонидан 17-а. охирида таъсис этилган. Кейинчалик Россия армиясининг кўпгина гвардиячи қисмлари Л.-г. номи б-н аталган. Шунингдек, баъзи армиялар таркибидаги полкларнинг номига ҳам «лейб» қўшимчаси қўшилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.