Lipaza
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 135-b. — ziyouz.com
Lipaza LIPAZA, lipazalar (yun. lipos — yoğ) — gidrolazalarga mansub fermentlar; glitserin va erkin yoğ kislotalariga qadar triglitseridlarning parçalanişini katalizlaydi. Hayvon va odam içagi devorida (içak L.si), me'da osti bezi şirasida (pankreatik L.), qon plazmasida (lipoproteidlipaza), şuningdek, ba'zi ösimliklarning uruğlarida va vegetativ organlarkda, mikroorganizmlarda böladi. Farmakologiyada, oziq-ovqat sanoati va könçilikda L.dan foydalaniladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЛИПАЗА, липазалар (юн. lipos — ёғ) — гидролазаларга мансуб ферментлар; глицерин ва эркин ёғ кислоталарига қадар триглицеридларнинг парчаланишини катализлайди. Ҳайвон ва одам ичаги деворида (ичак Л.си), меъда ости бези ширасида (панкреатик Л.), қон плазмасида (липопротеидлипаза), шунингдек, баъзи ўсимликларнинг уруғларида ва вегетатив органларкда, микроорганизмларда бўлади. Фармакологияда, озиқ-овқат саноати ва кўнчиликда Л.дан фойдаланилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.