Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Lipoma

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 137-b. — ziyouz.com

    Lipoma (yun.lipos — yoğ, oma — ösma) — yoğ töqimasidan rivojlanadigan xavfsiz ösma. Har xil kattalikda böladi. Köpinça teri osti yoğ qavati, çar-vi, fassiyalar, böğimlarda, ba'zan pay pardalari, şuningdek, orqada, böyinda, qorinning oldingi devori va b. joylarda uçraydi. L. biriktiruvçi töqimali kapsula b-n öralgan bölib, sekin ösadi. Organizm funksiyalariga zarar yetkazmaydi, jarrohlik yöli b-n olib taşlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЛИПОМА (юн.lipos — ёғ, oma — ўсма) — ёғ тўқимасидан ривожланадиган хавфсиз ўсма. Ҳар хил катталикда бўлади. Кўпинча тери ости ёғ қавати, чар-ви, фасциялар, бўғимларда, баъзан пай пардалари, шунингдек, орқада, бўйинда, қориннинг олдинги девори ва б. жойларда учрайди. Л. бириктирувчи тўқимали капсула б-н ўралган бўлиб, секин ўсади. Организм функцияларига зарар етказмайди, жарроҳлик йўли б-н олиб ташланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.