Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Listing

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 144-b. — ziyouz.com

    Listing (ing. list — röyxat) — 1) kompaniyalar aksiyalarini birjada sotiladigan aksiyalar röyxatiga kiritiş. Çiqarilgan qimmatli qoğozlar birjada ekspert tekşiruvlaridan ötgan bölsa, ularni savdoga qöyiş mumkin. Birjaga qöyilmaydigan aksiyalar «çayqov» bozorida «peştaxta ostidan» sotiladi (q. Delisting); 2) qimmatli qoğozlarni fond birjasida savdoga qöyiş qoidalari.

    Q.: Delisting

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЛИСТИНГ (инг. list — рўйхат) — 1) компаниялар акцияларини биржада сотиладиган акциялар рўйхатига киритиш. Чиқарилган қимматли қоғозлар биржада эксперт текширувларидан ўтган бўлса, уларни савдога қўйиш мумкин. Биржага қўйилмайдиган акциялар «чайқов» бозорида «пештахта остидан» сотилади (қ. Делистинг); 2) қимматли қоғозларни фонд биржасида савдога қўйиш қоидалари.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.