Livon ordeni
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 114-b. — ziyouz.com
Livon ordeni - Şarqiy Boltiq böyidagi latiş va eston yerlarida nemis ritsar-salibçilarining katolik davlati va harbiy taşkiloti (1237— 1561). Litva va Rusga qarşi uruşlar olib borgan. Ruslar va litvaliklardan bir neça jiddiy mağlubiyatga uçragan (Muz ustidagi jang, 1242, Durba yaqinidagi jang, 1260 va b.). Livon uruşida rus qöşinlari tomonidan tor-mor etilgan va tugatilgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЛИВОН ОРДЕНИ - Шарқий Болтиқ бўйидаги латиш ва эстон ерларида немис рицар-салибчиларининг католик давлати ва ҳарбий ташкилоти (1237— 1561). Литва ва Русга қарши урушлар олиб борган. Руслар ва литваликлардан бир неча жиддий мағлубиятга учраган (Муз устидаги жанг, 1242, Дурба яқинидаги жанг, 1260 ва б.). Ливон урушида рус қўшинлари томонидан тор-мор этилган ва тугатилган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.