Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Long-biç

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 178-b. — ziyouz.com

    Long-biç - AQŞning ğarbiy qismidagi şahar, Kaliforniya ştatida, Tinç okean sohilida. Aholisi 461,5 ming kişi (2000). San-Pedro qöltiğidagi port (yillik yuk ortib-tuşiriş 45 mln. t atrofida). Baliq ovlaş floti bazasi. Neft olinadi va qayta işlanadi. Asosiy sanoat tarmoqlari — raketa-kosmik va aviatsiya sanoatlari. Avtomobilsozlik, kemasozlik, metallsozlik, neft kimyosi, oziq-ovqat sanoati korxonalari, Kaliforniya unti filiali bor. Iqlim kurorti. Harbiy dengiz bazasi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЛОНГ-БИЧ - АҚШнинг ғарбий қисмидаги шаҳар, Калифорния штатида, Тинч океан соҳилида. Аҳолиси 461,5 минг киши (2000). Сан-Педро қўлтиғидаги порт (йиллик юк ортиб-тушириш 45 млн. т атрофида). Балиқ овлаш флоти базаси. Нефть олинади ва қайта ишланади. Асосий саноат тармоқлари — ракета-космик ва авиация саноатлари. Автомобилсозлик, кемасозлик, металлсозлик, нефть кимёси, озиқ-овқат саноати корхоналари, Калифорния унти филиали бор. Иқлим курорти. Ҳарбий денгиз базаси.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.