Lovilakon
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 164–165-b. — ziyouz.com
Lovilakon — Navoiy viloyati Konimex va Tomdi tumanlaridagi köl. Qizilqum çölining çekkasida. Oyoqquduq qişloğidan 20 km jan.-şarkda L. çöldagi pastqam taqirda hosil bölgan. Mayd. (suvi köpayganda) 262 ga. Sayoz bölganligi va suvining köplab buğlanişi sababli kuzda maydoni kiçrayib qoladi. Yer osti va yomğir suvlaridan töyinadi. L.ning ança qismini öt bosgan, çekka qismlari botqoqlik, qamişzor. Suvi şör.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЛОВИЛАКОН — Навоий вилояти Конимех ва Томди туманларидаги кўл. Қизилқум чўлининг чеккасида. Оёққудуқ қишлоғидан 20 км жан.-шаркда Л. чўлдаги пастқам тақирда ҳосил бўлган. Майд. (суви кўпайганда) 262 га. Саёз бўлганлиги ва сувининг кўплаб буғланиши сабабли кузда майдони кичрайиб қолади. Ер ости ва ёмғир сувларидан тўйинади. Л.нинг анча қисмини ўт босган, чекка қисмлари ботқоқлик, қамишзор. Суви шўр.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.