Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Lyaonin zilzilasi

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 225-b. — ziyouz.com

    Lyaonin zilzilasi LYAONIN (XAYÇEN) ZILZILASI — Xitoyning Lyaonin provinsiyasida 1975 y. 4 fev.da soat 19 dan 36 minut ötganda röy bergan kuçli zilzila. L.z.ning magnitudasi Rixter şkalasi böyiça M-7,3. Zilzila kuçi 12 ballik MSK-64 şkalasi böyiça 9—10 ballga teng böldi. Xitoy seysmologlari bu zilzilaning joyi, kuçi va vaqtini oldindan aytişga muvaffaq bölişgan. Odamlar zilzila epitsentridan öz vaqtida olib çiqib ketilganligi sababli qurbonlar bölmagan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЛЯОНИН (ХАЙЧЭН) ЗИЛЗИЛАСИ — Хитойнинг Ляонин провинциясида 1975 й. 4 фев.да соат 19 дан 36 минут ўтганда рўй берган кучли зилзила. Л.з.нинг магнитудаси Рихтер шкаласи бўйича М-7,3. Зилзила кучи 12 баллик MSK-64 шкаласи бўйича 9—10 баллга тенг бўлди. Хитой сейсмологлари бу зилзиланинг жойи, кучи ва вақтини олдиндан айтишга муваффақ бўлишган. Одамлар зилзила эпицентридан ўз вақтида олиб чиқиб кетилганлиги сабабли қурбонлар бўлмаган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.