Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Maastrixt yarusi

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 2-b. — ziyouz.com

    Maastrixt yarusi (Niderlandiyadagi Maastrixt ş. nomidan) — bör sistemasi (davri) yuqori bölimining pastdan oltinçi yarusi. Dastlab 1849 y.da belgiyalik geolog A. Dyumon tomonidan ajratilgan. Sen-Pyer toği yon bağridagi topilgan joyida yarusning faqat yuqori qismi uçun xos bölgan sayoz suv organogençaqiq ohaktoşlardan tuzilgan. Yanada aniqroq stratigrafik bölinmalarga ajratişda ammonitlar, belemnitlar, foraminiferalar, dengiz kirpilari va b. qoldiqlariga asoslaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МААСТРИХТ ЯРУСИ (Нидерландиядаги Маастрихт ш. номидан) — бўр системаси (даври) юқори бўлимининг пастдан олтинчи яруси. Дастлаб 1849 й.да бельгиялик геолог А. Дюмон томонидан ажратилган. Сен-Пьер тоғи ён бағридаги топилган жойида яруснинг фақат юқори қисми учун хос бўлган саёз сув органогенчақиқ оҳактошлардан тузилган. Янада аниқроқ стратиграфик бўлинмаларга ажратишда аммонитлар, белемнитлар, фораминифералар, денгиз кирпилари ва б. қолдиқларига асосланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.