Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Madaniyat

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 53–55-b. — ziyouz.com

    Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuç va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kişilar hayoti va faoliyatining turli körinişlarida, şuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma'naviy boyliklarda ifodalanadi. «M.» tuşunçasi muayyan tarixiy davr (antik M.), konkret jamiyat, elat va millat (özbek M.i), şuningdek, inson faoliyati yoki turmuşining öziga xos sohalari (mas, mehnat M.i, badiiy M., turmuş M.i)ni izoxlaş uçun qöllaniladi. Tor ma'noda «M.» atamasi kişilarning faqat ma'naviy hayoti sohasiga nisbatan işlatiladi.

    «M.» arabça madina (şahar) sözidan kelib çiqqan. Arablar kişilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmuş; ikkinçisini madaniy turmuş deb ataganlar. Badaviylik — köçmançi holda daştu sahrolarda yaşovçi xalqlarga, madaniylik — şaharda ötroq holda yaşab, öziga xos turmuş tarziga ega bölgan xalqlarga nisbatan işlatilgan.

    Örta asr madaniyatining buyuk namoyandalari Abu Ali ibn Sino, Beruniy va b. şahar turmuş tarzini jamoaning yetuklik şakli sifatida talqin qilganlar. Mac, Forobiy fikriça, har bir inson öz tabiatiga köra, «oliy darajadagi yetuklikka erişiş uçun intiladi», bunday yetuklikka faqat şahar jamoasi orqaligina erişiladi. Uning ta'kidlaşiça, «madaniy jamiyat va madaniy şahar (yoki mamlakat) şunday böladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb-xunarda ozod, hamma babbaravardir, kişilar örtasida farq bölmaydi, har kim özi istagan yoki tanlagan kasb-hunar b-n şuğullanadi. Odamlar çin ma'nosi bilan ozod yaşaydilar». Alişer Navoiy yetuk axloq, ma'rifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasini qayd etiş b-n birga, ma'naviy yuksaklikka erişişning asosiy mezoni deb insonparvarlik ğoyalariga muvofiqlikni tuşundi.

    19-asrning ikkinçi yarmida maydonga kelgan demokratikma'rifatparvarlik harakatining namoyandalari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Ahmad Doniş, Avaz Ötar, Komil Xorazmiy va b. xalqni M.li qilişning omili ilmma'rifatni egallaşda deb bildilar. Ular örta asr jaholatiga qarşi xalq örtasida ilmmaorif va M.ni zör ehtiros b-n tarğib qildilar. Mas, Furqat fikriça, ilm-fan bir maş'-al bölib, insoniyatning baxt-saodat yölini yoritib turişi kerak.

    19-a.ning oxiri va 20-a.ning boşida Turkistonda vujudga kelgan jadidçilik harakati namoyandalari, Munavvarqori Abduraşidxon öğli, Mahmudxöja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy va b. özlarining ma'rifatparvarlik işlari b-n M. rivojiga muhim hissa qöşdilar. Ular turli gaz. va jur.lar çiqardilar, naşriyot va bosmaxonalar taşkil etdilar, kutubxonalar, teatrlar, yangiça maktablar oçdilar, ötmiş madaniyatimizni, tariximizni tarğib qildilar, dunyoviy bilimlarni çuqur egallaşga da'vat etdilar. Ma'rifatçilikning keng quloç yoyişi samarasi ölaroq, xalqning umummadaniyati yuksala bordi.

    Yevropada «M.» deyilganda dastlab insonning tabiatga körsatadigan maqsadga muvofiq ta'siri, şuningdek, insonga ta'limtarbiya beriş tuşunilgan (lot. cultura — yerni işlaş, parvarişlaş; rusçadagi «kultura» sözi ham şundan olingan). M. faqat mavjud norma va urf-odatlarga rioya qiliş qobiliyatini rivojlantirişni emas, balki ularga rioya qiliş istagini rağbatlantirişni ham öz içiga olgan. M.ga bunday ikki yoqlama yondaşuv har qanday jamiyatga xos (mas, Qad. Xitoyda jen, Hindistonda dxarma). Ellinlar «madaniyatsiz» varvarlardan özlarining asosiy farqini «paydey», ya'ni «tarbiyalanganlik»da deb bilganlar. Qad. Rimning sönggi davrlarida «M.» tuşunçasi ijtimoiy hayotning şahar turmuş tarzini ifodalovçi mazmunlar b-n ham boyigan va örta asrlarga kelib keng tarqalgan. Bu tuşunça keyinçalik kelib çiqqan sivilizatsiya tuşunçasiga yaqin turadi.

    Yevropada Ma'rifatçilik davrida M. va sivilizatsiyaning «tanqidi» vujudga keldi (J.J.Russo). Bunda «madaniy» millatlarning buzilganligi va axloqiy tubanlaşganligiga taraqqiyotning patriarxal bosqiçida bölgan xalqlar axloqining soddaligi va sofligi qarşi qöyildi. Nemis faylasuflari bu ziddiyatli holatdan çiqişning yölini «ruh» doirasidan, axloqiy (I. Kant), estetik (F. Şiller, romantiklar) yoki falsafiy (G. Gegel) ong doirasidan qidirdilar. Ular bu ong sohalarini haqiqiy M. va inson taraqqiyotining omillari deb bildilar. 19-a. oxiridan boşlab «lokal sivilizatsiya» (O. Şpengler) degan qaraş yuzaga keldi. Bu ğoya sivilizatsiyani muayyan jamiyat taraqqiyotining sönggi bosqiçi sifatida olib qaradi.

    Fan-texnika taraqqiy topgan şaro-itda köpgina sotsiologlar va madaniyatşunoslar M.ning yagona ğoyasini izçil amalga oşiriş mumkin emas, degan qoidani ilgari surdilar. Bu politsentrizm, Ğarb b-n Şarqning azaldan qarama-qarşiligi va ijtimoiy taraqqiyotning boşqa umumiy qonuniyatlarini inkor etuvçi nazariyalarida öz ifodasini topdi.

    M.ning ilmiy, tarixiy konsepsiyalariga qarama-qarşi ölaroq, marksistik nazariya ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi, işlab çiqaruvçi kuçlar b-n işlab çiqariş munosabatlarining özaro munosabati haqidagi qoidalardan kelib çiqib, antagonistik jamiyatlarda M.ning sinfiy xarakteri haqidagi qoidalarni ilgari surdi. Antagonistik formatsiyalarda har bir milliy M.da ikki M. borligi haqidagi leninça qaraş «hukmron ekspluatatorlik» M.iga «progressiv demokratik» va «sotsialistik» M. elementlarini qarama-qarşi qöydi. Ana şu qoidadan kelib çiqib, mustabid sovet tuzumi davrida amalga oşirilgan «madaniy inqilob» natijasida köpgina xalqlar M.ining ajoyib durdonalari yöq qilinib, madaniy merosning milliy ildizlari barbod etildi.

    M. — umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegişli, faqat bir xalqning özigina yaratgan sof M. bölmaydi va bölişi ham mumkin emas. Har bir milliy M.ning asosiy qismini şu millat özi yaratgan bölsada, unda ja-hon xalqlari yaratgan umuminsoniy M.ning uluşi va ta'siri böladi, albatta. M. heç qaçon sinfiy hodisa böla olmaydi. U barçaga baravar xizmat qiladi. Mas, san'at va adabiyot durdonalari, me'morlik obidalari, maqomlar, fan yutuqlari va b. barçaga tegişlidir.

    M. kişilar faoliyatining faqat moddiy natijalari (maşinalar, texnik inşootlar, san'at asarlari, huquq, axloq normalari va h.k.)ni emas, şu b-n birga, kişilarning mehnat jarayonida voqe böladigan subyektiv kuç-quvvatlari va qobiliyatlari (bilim va könikmalari, i. ç. va professional malakalari, intellektual, estetik va axloqiy kamoloti, dunyoqaraşi, ularning jamoa va jamiyat doirasidagi özaro muomalalari)ni ham öz içiga oladi.

    I.ç.ning 2 asosiy turi — moddiy va ma'naviy i.ç.ga qarab M.moddiy va ma'naviy M.ga bölinadi. Moddiy M. moddiy faoliyatning barça sohalarini hamda uning natijalari (mehnat qurollari, turar joy, kundalik turmuş buyumlari, kiyim-keçak, transport, aloqa vositalari va b.)ni öz içiga oladi. Ma'naviy madaniyatga ong, ma'naviyat sohalari kiradi (bilim, axloq, ta'limtarbiya, huquq, falsafa, etika, estetika, fan, san'at, adabiyot, mifologiya, din va b.).

    Har bir jamiyat öz M. tipiga ega. Jamiyatlarning almaşinişi b-n M. tipi ham özgaradi, biroq bu hol M. taraqqiyoti uzilib qolganini, eski M. yöq bölib madaniy meros, ötmiş qadriyatlardan voz keçilganini anglatmaydi. Zotan, har bir yangi jamiyat özidan ilgarigi jamiyatning madaniy yutuklarini zaruriy ravişda meros qilib oladi va ularni ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimiga kiritadi.

    Özbekiston mustaqillikka erişgaç, ijtimoiy hayotning barça sohalarida bölganidek, M. sohasida ham tub özgarişlar yuz berdi. Şaklan ham, mazmunan ham M.ning rivojlanişi uçun keng imkoniyatlar yaratildi. Özbekistonning mustaqil rivojlanişga utişi milliy M.ga sinfiy yondaşişdan, uni sun'iy tarzda «yagona umummadaniyat»ga aylanişdan saqlab qoldi. Şuni ham ta'kidlaş lozimki, mustaqillikkaça bölgan sönggi yetmiş yil davomida M. hukmron mafkura, mustabid tuzum tazyiqida Ğarb M.iga taqlid ruhida rivojlandi. Ikkinçidan, milliy M.ning boy ötmişi bir yoklama örganilib, uning köpgina bebaho durdonalaridan xalqimiz bebahra bölib keldi. Özbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jamiyatni yangilaş sohasida olib borilayotgan islohotlar b-n bir qatorda M.ni yuksaltirişga ham alohida e'tibor berilmoqda. Xalqimizning ma'naviy qadriyatlariga hurmat b-n munosabatda böliş, ularni asrab-avaylaş va rivojlantiriş, muqaddas dinimiz, urfodatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy merosimizni tiklaş davlat siyosati darajasiga kötarildi. «Davlat tili töğrisida»gi (1989 y. 21 okt.) qonun, «Kadrlar tayyorlaş milliy da-sturi» (1997 y. 29 avg.)ning qabul qilinişi, Özbekiston Badiiy Akademiyasi (1997 y.), Özbekiston davlat kon-servatoriyasi (2002 y.), Özbek milliy akademik drama teatri (2002 y.), estrada musiqasini rivojlantiriş töğrisidagi va b. bir qança qaror va farmonlarning qabul qilinişi, bir qança mutafakkir va allomalarimizning muqaddas nomlari tiklanib, yubileylari xalqaro miqyosda keng ni-şonlanayotgani davlatimiz tomonidan M.ni rivojlantirişga körsatilayotgan ğamxörlikning amaliy ifodasidir.

    Ad.: Karimov I. A., Özbekiston: milliy istiklol, iqtisod, siyosat, mafkura, 1-j., T., 1996; Ma'naviy yuksaliş yölida, T.,1998; Xayrullayev M. M., Şorahmedov D.A., Madaniyat va meros. T., 1973.

    Davron Şorahmedov.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МАДАНИЯТ — жамият, инсон ижодий куч ва қобилиятлари тарихий тараққиётининг муайян даражаси. Кишилар ҳаёти ва фаолиятининг турли кўринишларида, шунингдек, улар яратадиган моддий ва маънавий бойликларда ифодаланади. «М.» тушунчаси муайян тарихий давр (антик М.), конкрет жамият, элат ва миллат (ўзбек М.и), шунингдек, инсон фаолияти ёки турмушининг ўзига хос соҳалари (мас, меҳнат М.и, бадиий М., турмуш М.и)ни изохлаш учун қўлланилади. Тор маънода «М.» атамаси кишиларнинг фақат маънавий ҳаёти соҳасига нисбатан ишлатилади.

    «М.» арабча мадина (шаҳар) сўзидан келиб чиққан. Араблар кишилар ҳаётини икки турга: бирини бадавий ёки саҳроий турмуш; иккинчисини маданий турмуш деб атаганлар. Бадавийлик — кўчманчи ҳолда дашту саҳроларда яшовчи халқларга, маданийлик — шаҳарда ўтроқ ҳолда яшаб, ўзига хос турмуш тарзига эга бўлган халқларга нисбатан ишлатилган.

    Ўрта аср маданиятининг буюк намояндалари Абу Али ибн Сино, Беруний ва б. шаҳар турмуш тарзини жамоанинг етуклик шакли сифатида талқин қилганлар. Mac, Форобий фикрича, ҳар бир инсон ўз табиатига кўра, «олий даражадаги етукликка эришиш учун интилади», бундай етукликка фақат шаҳар жамоаси орқалигина эришилади. Унинг таъкидлашича, «маданий жамият ва маданий шаҳар (ёки мамлакат) шундай бўладики, бу мамлакатда ҳар бир одам касб-хунарда озод, ҳамма баббаравардир, кишилар ўртасида фарқ бўлмайди, ҳар ким ўзи истаган ёки танлаган касб-ҳунар б-н шуғулланади. Одамлар чин маъноси билан озод яшайдилар». Алишер Навоий етук ахлоқ, маърифатли ва адолатли жамият, жамоа масаласини қайд этиш б-н бирга, маънавий юксакликка эришишнинг асосий мезони деб инсонпарварлик ғояларига мувофиқликни тушунди.

    19-асрнинг иккинчи ярмида майдонга келган демократикмаърифатпарварлик ҳаракатининг намояндалари Муқимий, Фурқат, Завқий, Аҳмад Дониш, Аваз Ўтар, Комил Хоразмий ва б. халқни М.ли қилишнинг омили илммаърифатни эгаллашда деб билдилар. Улар ўрта аср жаҳолатига қарши халқ ўртасида илммаориф ва М.ни зўр эҳтирос б-н тарғиб қилдилар. Мас, Фурқат фикрича, илм-фан бир машъ-ал бўлиб, инсониятнинг бахт-саодат йўлини ёритиб туриши керак.

    19-а.нинг охири ва 20-а.нинг бошида Туркистонда вужудга келган жадидчилик ҳаракати намояндалари, Мунавварқори Абдурашидхон ўғли, Маҳмудхўжа Беҳбудий, Абдулла Авлоний, Абдурауф Фитрат, Садриддин Айний ва б. ўзларининг маърифатпарварлик ишлари б-н М. ривожига муҳим ҳисса қўшдилар. Улар турли газ. ва жур.лар чиқардилар, нашриёт ва босмахоналар ташкил этдилар, кутубхоналар, театрлар, янгича мактаблар очдилар, ўтмиш маданиятимизни, тарихимизни тарғиб қилдилар, дунёвий билимларни чуқур эгаллашга даъват этдилар. Маърифатчиликнинг кенг қулоч ёйиши самараси ўлароқ, халқнинг умуммаданияти юксала борди.

    Европада «М.» дейилганда дастлаб инсоннинг табиатга кўрсатадиган мақсадга мувофиқ таъсири, шунингдек, инсонга таълимтарбия бериш тушунилган (лот. cultura — ерни ишлаш, парваришлаш; русчадаги «культура» сўзи ҳам шундан олинган). М. фақат мавжуд норма ва урф-одатларга риоя қилиш қобилиятини ривожлантиришни эмас, балки уларга риоя қилиш истагини рағбатлантиришни ҳам ўз ичига олган. М.га бундай икки ёқлама ёндашув ҳар қандай жамиятга хос (мас, Қад. Хитойда жэнь, Ҳиндистонда дхарма). Эллинлар «маданиятсиз» варварлардан ўзларининг асосий фарқини «пайдей», яъни «тарбияланганлик»да деб билганлар. Қад. Римнинг сўнгги даврларида «М.» тушунчаси ижтимоий ҳаётнинг шаҳар турмуш тарзини ифодаловчи мазмунлар б-н ҳам бойиган ва ўрта асрларга келиб кенг тарқалган. Бу тушунча кейинчалик келиб чиққан цивилизация тушунчасига яқин туради.

    Европада Маърифатчилик даврида М. ва цивилизациянинг «танқиди» вужудга келди (Ж.Ж.Руссо). Бунда «маданий» миллатларнинг бузилганлиги ва ахлоқий тубанлашганлигига тараққиётнинг патриархал босқичида бўлган халқлар ахлоқининг соддалиги ва софлиги қарши қўйилди. Немис файласуфлари бу зиддиятли ҳолатдан чиқишнинг йўлини «руҳ» доирасидан, ахлоқий (И. Кант), эстетик (Ф. Шиллер, романтиклар) ёки фалсафий (Г. Гегель) онг доирасидан қидирдилар. Улар бу онг соҳаларини ҳақиқий М. ва инсон тараққиётининг омиллари деб билдилар. 19-а. охиридан бошлаб «локал цивилизация» (О. Шпенглер) деган қараш юзага келди. Бу ғоя цивилизацияни муайян жамият тараққиётининг сўнгги босқичи сифатида олиб қаради.

    Фан-техника тараққий топган шаро-итда кўпгина социологлар ва маданиятшунослар М.нинг ягона ғоясини изчил амалга ошириш мумкин эмас, деган қоидани илгари сурдилар. Бу полицентризм, Ғарб б-н Шарқнинг азалдан қарама-қаршилиги ва ижтимоий тараққиётнинг бошқа умумий қонуниятларини инкор этувчи назарияларида ўз ифодасини топди.

    М.нинг илмий, тарихий концепцияларига қарама-қарши ўлароқ, марксистик назария ижтимоий-иқтисодий формациялар ҳақидаги, ишлаб чиқарувчи кучлар б-н ишлаб чиқариш муносабатларининг ўзаро муносабати ҳақидаги қоидалардан келиб чиқиб, антагонистик жамиятларда М.нинг синфий характери ҳақидаги қоидаларни илгари сурди. Антагонистик формацияларда ҳар бир миллий М.да икки М. борлиги ҳақидаги ленинча қараш «ҳукмрон эксплуататорлик» М.ига «прогрессив демократик» ва «социалистик» М. элементларини қарама-қарши қўйди. Ана шу қоидадан келиб чиқиб, мустабид совет тузуми даврида амалга оширилган «маданий инқилоб» натижасида кўпгина халқлар М.ининг ажойиб дурдоналари йўқ қилиниб, маданий мероснинг миллий илдизлари барбод этилди.

    М. — умуминсоний ҳодиса, фақат бир халққа тегишли, фақат бир халқнинг ўзигина яратган соф М. бўлмайди ва бўлиши ҳам мумкин эмас. Ҳар бир миллий М.нинг асосий қисмини шу миллат ўзи яратган бўлсада, унда жа-ҳон халқлари яратган умуминсоний М.нинг улуши ва таъсири бўлади, албатта. М. ҳеч қачон синфий ҳодиса бўла олмайди. У барчага баравар хизмат қилади. Мас, санъат ва адабиёт дурдоналари, меъморлик обидалари, мақомлар, фан ютуқлари ва б. барчага тегишлидир.

    М. кишилар фаолиятининг фақат моддий натижалари (машиналар, техник иншоотлар, санъат асарлари, ҳуқуқ, ахлоқ нормалари ва ҳ.к.)ни эмас, шу б-н бирга, кишиларнинг меҳнат жараёнида воқе бўладиган субъектив куч-қувватлари ва қобилиятлари (билим ва кўникмалари, и. ч. ва профессионал малакалари, интеллектуал, эстетик ва ахлоқий камолоти, дунёқараши, уларнинг жамоа ва жамият доирасидаги ўзаро муомалалари)ни ҳам ўз ичига олади.

    И.ч.нинг 2 асосий тури — моддий ва маънавий и.ч.га қараб М.моддий ва маънавий М.га бўлинади. Моддий М. моддий фаолиятнинг барча соҳаларини ҳамда унинг натижалари (меҳнат қуроллари, турар жой, кундалик турмуш буюмлари, кийим-кечак, транспорт, алоқа воситалари ва б.)ни ўз ичига олади. Маънавий маданиятга онг, маънавият соҳалари киради (билим, ахлоқ, таълимтарбия, ҳуқуқ, фалсафа, этика, эстетика, фан, санъат, адабиёт, мифология, дин ва б.).

    Ҳар бир жамият ўз М. типига эга. Жамиятларнинг алмашиниши б-н М. типи ҳам ўзгаради, бироқ бу ҳол М. тараққиёти узилиб қолганини, эски М. йўқ бўлиб маданий мерос, ўтмиш қадриятлардан воз кечилганини англатмайди. Зотан, ҳар бир янги жамият ўзидан илгариги жамиятнинг маданий ютукларини зарурий равишда мерос қилиб олади ва уларни ижтимоий муносабатларнинг янги тизимига киритади.

    Ўзбекистон мустақилликка эришгач, ижтимоий ҳаётнинг барча соҳаларида бўлганидек, М. соҳасида ҳам туб ўзгаришлар юз берди. Шаклан ҳам, мазмунан ҳам М.нинг ривожланиши учун кенг имкониятлар яратилди. Ўзбекистоннинг мустақил ривожланишга утиши миллий М.га синфий ёндашишдан, уни сунъий тарзда «ягона умуммаданият»га айланишдан сақлаб қолди. Шуни ҳам таъкидлаш лозимки, мустақилликкача бўлган сўнгги етмиш йил давомида М. ҳукмрон мафкура, мустабид тузум тазйиқида Ғарб М.ига тақлид руҳида ривожланди. Иккинчидан, миллий М.нинг бой ўтмиши бир ёклама ўрганилиб, унинг кўпгина бебаҳо дурдоналаридан халқимиз бебаҳра бўлиб келди. Ўзбекистон Республикасида мустақиллик йилларида жамиятни янгилаш соҳасида олиб борилаётган ислоҳотлар б-н бир қаторда М.ни юксалтиришга ҳам алоҳида эътибор берилмоқда. Халқимизнинг маънавий қадриятларига ҳурмат б-н муносабатда бўлиш, уларни асраб-авайлаш ва ривожлантириш, муқаддас динимиз, урфодатларимизни, тарихий, илмий, маданий меросимизни тиклаш давлат сиёсати даражасига кўтарилди. «Давлат тили тўғрисида»ги (1989 й. 21 окт.) қонун, «Кадрлар тайёрлаш миллий да-стури» (1997 й. 29 авг.)нинг қабул қилиниши, Ўзбекистон Бадиий Академияси (1997 й.), Ўзбекистон давлат кон-серваторияси (2002 й.), Ўзбек миллий академик драма театри (2002 й.), эстрада мусиқасини ривожлантириш тўғрисидаги ва б. бир қанча қарор ва фармонларнинг қабул қилиниши, бир қанча мутафаккир ва алломаларимизнинг муқаддас номлари тикланиб, юбилейлари халқаро миқёсда кенг ни-шонланаётгани давлатимиз томонидан М.ни ривожлантиришга кўрсатилаётган ғамхўрликнинг амалий ифодасидир.

    Ад.: Каримов И. А., Ўзбекистон: миллий истиклол, иқтисод, сиёсат, мафкура, 1-ж., Т., 1996; Маънавий юксалиш йўлида, Т.,1998; Хайруллаев М. М., Шораҳмедов Д.А., Маданият ва мерос. Т., 1973.

    Даврон Шораҳмедов.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.