Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Madapolam

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 56-b. — ziyouz.com

    Madapolam (Hindistondagi joy nomidan) — polotno öriliş va ip gazlama; oq surp. Öngi silliq, yaltiroq böladi, barmoqlar b-n paypaslab körilganda dağalroq tuyuladi. M. uçun xom surp (xom aşyo) sifatida mitkaldan foydalaniladi. Uni oqartirib, appretlab (pardoz eritmalari şimdirib) va yaltiratib (stearin, parafin va asalari mumi surkab) M. hosil qilinadi. M. dan içki kiyim, çoyşab, yostiq jildi va b. tikiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МАДАПОЛАМ (Ҳиндистондаги жой номидан) — полотно ўрилиш ва ип газлама; оқ сурп. Ўнги силлиқ, ялтироқ бўлади, бармоқлар б-н пайпаслаб кўрилганда дағалроқ туюлади. М. учун хом сурп (хом ашё) сифатида миткалдан фойдаланилади. Уни оқартириб, аппретлаб (пардоз эритмалари шимдириб) ва ялтиратиб (стеарин, парафин ва асалари муми суркаб) М. ҳосил қилинади. М. дан ички кийим, чойшаб, ёстиқ жилди ва б. тикилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.