Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Magnit baraban

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 26-b. — ziyouz.com

    Magnit baraban - sirtiga magnit xossali qatlam qoplangan silindr şaklidagi qurilma. Elektr dvigatel, silindr, öq, stanina (asos)dan iborat. M.b.ga axborotlar magnitik yoziş usulida kiritiladi. Silindr aylanganda axborotlar uning aylanasi böylab magnit qatlamga yölçalar tarzida yoziladi. Silindrning diametri 0,1-0,5 m, uz. 0,3—0,7 m böladi. M. b. elektron hisoblaş maşinalari (EHM)ning xotira qurilmalarida işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МАГНИТ БАРАБАН - сиртига магнит хоссали қатлам қопланган цилиндр шаклидаги қурилма. Электр двигатель, цилиндр, ўқ, станина (асос)дан иборат. М.б.га ахборотлар магнитик ёзиш усулида киритилади. Цилиндр айланганда ахборотлар унинг айланаси бўйлаб магнит қатламга йўлчалар тарзида ёзилади. Цилиндрнинг диаметри 0,1-0,5 м, уз. 0,3—0,7 м бўлади. М. б. электрон ҳисоблаш машиналари (ЭҲМ)нинг хотира қурилмаларида ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.