Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Magnitostriksiya

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 39-b. — ziyouz.com

    Magnitostriksiya (magnit va lot. strictio — qisiliş, taranglaşiş) — kristall jismning magnitlanganda ölçam va şakllari özgarişi; kristall panjaraning magnit maydonida energetik holatining, şuningdek, panjaradagi tugunlari orasidagi masofaning özgarişiga olib keladi. Ferro-va ferrimagnetiklarda zarralarning magnitli özaro ta'siri juda yuqori bölgani uçun M. eng katta qiymatga erişadi. M. hodisasiga teskari hodisa Villari effekti hisoblanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МАГНИТОСТРИКЦИЯ (магнит ва лот. strictio — қисилиш, таранглашиш) — кристалл жисмнинг магнитланганда ўлчам ва шакллари ўзгариши; кристалл панжаранинг магнит майдонида энергетик ҳолатининг, шунингдек, панжарадаги тугунлари орасидаги масофанинг ўзгаришига олиб келади. Ферро-ва ферримагнетикларда зарраларнинг магнитли ўзаро таъсири жуда юқори бўлгани учун М. энг катта қийматга эришади. М. ҳодисасига тескари ҳодиса Виллари эффекти ҳисобланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.