Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Mahkam Obloqulov

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 8-b. — ziyouz.com

    Obloqulov Mahkam (1920.16.4, Ur-gut tumani — 1992.12.2) — kulol; Samarkand kulollik maktabining namoyandasi. Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arbobi (1977). Hunarni ota-sidan örgangan. 1935 y.dan «Harakat» va «Ittifoq» (1937 y.dan) artellarida kosagar usta. 2-jahon uruşi qatnaşçisi (1942 — 44). Kosagar (kosa, lagan, tovoq) hamda közagar (köza, xum, tandir yasaş) sifatida urgut kulolligini rivojlantirdi; an'anaviy şakldagi kulollik buyumlarida rang va böyoklar jilvasi (sariq, yaşil rang va ularning önlar-ça tuslari) ni yaratdi. O. yaratgan kulollik buyumlaridan namunalar Özbekiston va xorijiy mamlakat muzeylarida va xususiy töplamlarda saqlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОБЛОҚУЛОВ Маҳкам (1920.16.4, Ур-гут тумани — 1992.12.2) — кулол; Самарканд кулоллик мактабининг намояндаси. Ўзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби (1977). Ҳунарни ота-сидан ўрганган. 1935 й.дан «Ҳаракат» ва «Иттифоқ» (1937 й.дан) артелларида косагар уста. 2-жаҳон уруши қатнашчиси (1942 — 44). Косагар (коса, лаган, товоқ) ҳамда кўзагар (кўза, хум, тандир ясаш) сифатида ургут кулоллигини ривожлантирди; анъанавий шаклдаги кулоллик буюмларида ранг ва бўёклар жилваси (сариқ, яшил ранг ва уларнинг ўнлар-ча туслари) ни яратди. О. яратган кулоллик буюмларидан намуналар Ўзбекистон ва хорижий мамлакат музейларида ва хусусий тўпламларда сақланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.