Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Mahşar

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 373-b. — ziyouz.com

    Mahşar (arab. — töplaniş, yiğiliş joyi) — sunniylikdagi oxirat va şialikdagi ma'od aqidasi b-n boğliq tasavvur. Islom an'anasida dunyo tugagaç (q. Oxirat), insonlar tirilib, örnidan turib (q. Qiyomat) töplanadigan va söroq qilinadigan kun, deb tasavvur etiladi. Şundan M. kuny oxirat kuni yoki qiyomat kuni mazmunida tuşuniladi.

    Q.: Oxirat, Qiyomat

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МАҲШАР (араб. — тўпланиш, йиғилиш жойи) — суннийликдаги охират ва шиаликдаги маъод ақидаси б-н боғлиқ тасаввур. Ислом анъанасида дунё тугагач (қ. Охират), инсонлар тирилиб, ўрнидан туриб (қ. Қиёмат) тўпланадиган ва сўроқ қилинадиган кун, деб тасаввур этилади. Шундан М. кунй охират куни ёки қиёмат куни мазмунида тушунилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.