Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Makvis

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 99-b. — ziyouz.com

    Makvis MAKVIS, makkiya (frans. maquis, koreyka tilida macchia) — qattiq bargli, tikanli doim yaşil buta va daraxtlardan iborat çakalakzorlar. M., köpinça, Örta dengiz mamlakatlari toğlarining örta qismlariga (700 m gaça) xos, ötib bölmas butazorlar hosil qiladi. M. köproq qattiq bargli kesilgan örmonlar örnida paydo böladi. Öt qoplami, asosan, bir yillik ötlar. Köpçilik ösimliklari tarkibida ötkir hidli efir moylari bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МАКВИС, маккия (франц. maquis, корейка тилида macchia) — қаттиқ баргли, тиканли доим яшил бута ва дарахтлардан иборат чакалакзорлар. М., кўпинча, Ўрта денгиз мамлакатлари тоғларининг ўрта қисмларига (700 м гача) хос, ўтиб бўлмас бутазорлар ҳосил қилади. М. кўпроқ қаттиқ баргли кесилган ўрмонлар ўрнида пайдо бўлади. Ўт қоплами, асосан, бир йиллик ўтлар. Кўпчилик ўсимликлари таркибида ўткир ҳидли эфир мойлари бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.