Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Manba

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 161-b. — ziyouz.com

    Manba — daryoning boşlaniş (suv oladigan) joyi (muzlik, qorlik, bulok,, botqoqlik). Köpinça, M. deb oqimning doimiy özani boşlanadigan joyga aytiladi. Köp sonli M.ga ega bölgan dare sistemasida uzoqroqdagisi va eng sersuvlisi boş M. hisoblanadi. Ba'zida daryoning boş özani va uning M.si turli nomlarda bölişi mumkin, mas, Amudaryo — Panj va Vaxş daryolari, Sirdaryo — Norin va Qoradaryo, Zaraf-şon — Mastçoh va Fondaryolarning qöşilişidan hosil böladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МАНБА — дарёнинг бошланиш (сув оладиган) жойи (музлик, қорлик, булок,, ботқоқлик). Кўпинча, М. деб оқимнинг доимий ўзани бошланадиган жойга айтилади. Кўп сонли М.га эга бўлган даре системасида узоқроқдагиси ва энг серсувлиси бош М. ҳисобланади. Баъзида дарёнинг бош ўзани ва унинг М.си турли номларда бўлиши мумкин, мас, Амударё — Панж ва Вахш дарёлари, Сирдарё — Норин ва Қорадарё, Зараф-шон — Мастчоҳ ва Фондарёларнинг қўшилишидан ҳосил бўлади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.