Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Marjon orollari

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 211-b. — ziyouz.com

    Marjon orollari - tropik dengizlardagi orollar. Töda-töda bölib yaşaydigan marjon hayvonlari, suv-ötlar va b. organizmlar qoldiklari yiğilişidan vujudga keladi. Hoz. zamon marjon orollari ekvatorial va tropik ölkalardan b. yerlarda uçramaydi. Faqat Golfstrim oqimi ötadigan Bagama o.lari yaqinidagina tropiklardan taşqarida uçraydi. M.o. joylaşgan örni va şakliga qarab, qirğoq riflari, tösiq riflari (suv osti qoyalari), atollarga bölinadi (yana q. Marjon riflari).

    Q.: Marjon riflari

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МАРЖОН ОРОЛЛАРИ - тропик денгизлардаги ороллар. Тўда-тўда бўлиб яшайдиган маржон ҳайвонлари, сув-ўтлар ва б. организмлар қолдиклари йиғилишидан вужудга келади. Ҳоз. замон маржон ороллари экваториал ва тропик ўлкалардан б. ерларда учрамайди. Фақат Гольфстрим оқими ўтадиган Багама о.лари яқинидагина тропиклардан ташқарида учрайди. М.о. жойлашган ўрни ва шаклига қараб, қирғоқ рифлари, тўсиқ рифлари (сув ости қоялари), атолларга бўлинади (яна қ. Маржон рифлари).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.