Markaziy Amerika davlatlari taşkiloti
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 222-b. — ziyouz.com
Markaziy Amerika davlatlari taşkiloti — xalqaro taşkilot, 1951 y. 14 okt.da Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kostarika davlatlari örtasida tuzilgan. Maqsadi — Markaziy Amerika davlatlarining iqtisodiy va siyosiy integratsiyasi; madaniy hamkorlik. Oliy organi — davlat boşliklarining kengaşi (muntazam ötkazib turilmaydi), asosiy organi — taşki işlar vazirlari kengaşi. Doimiy organi — Ijroiya kengaşi (San-Salvadorda joylaşgan).
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
МАРКАЗИЙ АМЕРИКА ДАВЛАТЛАРИ ТАШКИЛОТИ — халқаро ташкилот, 1951 й. 14 окт.да Гватемала, Сальвадор, Гондурас, Никарагуа, Костарика давлатлари ўртасида тузилган. Мақсади — Марказий Америка давлатларининг иқтисодий ва сиёсий интеграцияси; маданий ҳамкорлик. Олий органи — давлат бошликларининг кенгаши (мунтазам ўтказиб турилмайди), асосий органи — ташки ишлар вазирлари кенгаши. Доимий органи — Ижроия кенгаши (Сан-Сальвадорда жойлашган).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.