Markaziy Buxoro kollektori
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 226-b. — ziyouz.com
Markaziy Buxoro kollektori — Buxoro viloyatida qurilgan yirik gidrotexnika inşooti. Zarafşon da-ryosi (Qoraköldaryo)ning Duob gidrouzelidan Mohanköl kollektorigaça bölgan özanini çuqurlaştirib, kengaytirib, 1971 y.da qurib bitkazilgan. Uz. 51 km. Kollektorga Buxoro, Jondor, Vobkent va Romitan tumanlari hududidagi kollektor-drenaj tarmoqlarida yiğiladigan suvlar taşlanadi. Kollektorning umumiy suv yiğiş maydoni 64,6 ming ga. Suv ötkaziş imkoniyati 40 m3/s. M.B.k. Mohanköl kollektoriga tugaştirilgan va suvi Mohankölga quyiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
МАРКАЗИЙ БУХОРО КОЛЛЕКТОРИ — Бухоро вилоятида қурилган йирик гидротехника иншооти. Зарафшон да-рёси (Қоракўлдарё)нинг Дуоб гидроузелидан Моҳанкўл коллекторигача бўлган ўзанини чуқурлаштириб, кенгайтириб, 1971 й.да қуриб битказилган. Уз. 51 км. Коллекторга Бухоро, Жондор, Вобкент ва Ромитан туманлари ҳудудидаги коллектор-дренаж тармоқларида йиғиладиган сувлар ташланади. Коллекторнинг умумий сув йиғиш майдони 64,6 минг га. Сув ўтказиш имконияти 40 м3/с. М.Б.к. Моҳанкўл коллекторига тугаштирилган ва суви Моҳанкўлга қуйилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.