Markus Garvi
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 92-b. — ziyouz.com
Garvi Markus GARVI (Garvey) Markus (1887, Yamayka o. — 1940. 10. 6, London) — Yamayka milliy qahramoni, amerikalik negrlarning «Ortga — Afrikaga» deb ataluvçi millatçilik ruhidagi harakati (garvizm)ning ğoyaviy rahbari; negrlarning ahvolini yaxşilaş böyiça Umumjahon assotsiatsiyasi asosçisi (1914). Yamayka mamlakatini özini-özi boşqariş huquqiga ega bölişi uçun kuraşgan. Xalq siyosiy partiyasi (1929) va b. taşkilotlar tuzgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГАРВИ (Garvey) Маркус (1887, Ямайка о. — 1940. 10. 6, Лондон) — Ямайка миллий қаҳрамони, америкалик негрларнинг «Ортга — Африкага» деб аталувчи миллатчилик руҳидаги ҳаракати (гарвизм)нинг ғоявий раҳбари; негрларнинг аҳволини яхшилаш бўйича Умумжаҳон ассоциацияси асосчиси (1914). Ямайка мамлакатини ўзини-ўзи бошқариш ҳуқуқига эга бўлиши учун курашган. Халқ сиёсий партияси (1929) ва б. ташкилотлар тузган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.