Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Marsel Karne

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 185-b. — ziyouz.com

    Karne Marsel (1909.18.8 — Parij — 1996) — fransuz kinorejissyori. Psixologik drama «Jenni» (1936) uning birinçi mustaqil filmi. K. ning asosiy ijodiy mavzusi — dunyoning omonat, bekarorligi va insonning adovatli dunyodagi boşpanasiz, yolğizlik fojiasi bölib, bu mavzu «Qirğoqdagi tuman», «Keçki mijozlar», «Rayka bolalari», «Tartib örnatiş qotillari» kabi filmlarida namoyon böldi. «Julyetta yoki tuş körişga topilgan Kalit», «Tereza Raken», «Yolğonçilar» va b. harbiy yillardan keyin suratga olingan eng yaxşi filmlaridir.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    КАРНЕ Марсель (1909.18.8 — Париж — 1996) — француз кинорежиссёри. Психологик драма «Женни» (1936) унинг биринчи мустақил фильми. К. нинг асосий ижодий мавзуси — дунёнинг омонат, бекарорлиги ва инсоннинг адоватли дунёдаги бошпанасиз, ёлғизлик фожиаси бўлиб, бу мавзу «Қирғоқдаги туман», «Кечки мижозлар», «Райка болалари», «Тартиб ўрнатиш қотиллари» каби фильмларида намоён бўлди. «Жульетта ёки туш кўришга топилган Калит», «Тереза Ракен», «Ёлғончилар» ва б. ҳарбий йиллардан кейин суратга олинган энг яхши фильмларидир.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.