Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Masan

    Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 264-b. — ziyouz.com

    Masan — Jan. Koreyadagi şahar. Kyonsan-Namdo provinsiyasining ma'muriy markazi. Aholisi 422 ming kişidan ziyod (1990-y.lar oxiri). Transport yöllari tuguni. Çinxeman qöltiği (Koreya böğozi)dagi port. Kemasozlik, elektrotexnika, harbiy, töqimaçilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Quriliş materiallari işlab çiqariladi. Şahar yaqinida GES qurilgan. Baliq ovlanadi va qayta işlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    МАСАН — Жан. Кореядаги шаҳар. Кёнсан-Намдо провинциясининг маъмурий маркази. Аҳолиси 422 минг кишидан зиёд (1990-й.лар охири). Транспорт йўллари тугуни. Чинхэман қўлтиғи (Корея бўғози)даги порт. Кемасозлик, электротехника, ҳарбий, тўқимачилик, озиқ-овқат саноати корхоналари бор. Қурилиш материаллари ишлаб чиқарилади. Шаҳар яқинида ГЭС қурилган. Балиқ овланади ва қайта ишланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.